«Dinamo» Pro liga yakuniy bosqichini alamli mag'lubiyat bilan boshladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 325

Pro liga yakuniy bosqichi doirasidagi dastlabki o'yinda «Dinamo» jamoasi Samarqandda Farg'onaning «Turon» klubiga alamli mag'lubiyatga uchradi.
Uchrashuvdagi hisob 8-daqiqada Suhrob Nurulloev tomonidan ochilgan bo'lsa-da, vodiyliklar 25-daqiqada Doniyor Ismoilovning goli evaziga hisobni tenglashtirishdi. 56-daqiqada esa raqib futbolchisi navbatdagi golni kiritdi – 1:2.
Ushbu mag'lubiyatdan keyin Sergey Lushchan murabbiyligidagi «Dinamo» 22 ochko bilan 4-o'rinda qoldi. 3-o'rindagi «Turon» esa ochkolari sonini 26taga etkazdi.
Superliga yo'llanmasi uchun kurashda imkoniyatlarini pasaytirib yuborgan «Dinamo» 10 noyabr kuni azaliy raqibi Farg'onaning «Neftchi» jamoasini qabul qiladi.
Pro liga. 15-tur
5 noyabr (payshanba)
«Dinamo» - «Turon» - 1:2
Hakam: Rustam Lutfullin
Gollar: Suhrob Nurulloev 8 penalti - Doniyor Ismoilov 25, Abdulaziz Abdurashidov 56.
«Dinamo»: 1.Erkin Jabborov, 2.Bekzod Ahmadjonov, 7.Suhrob Nurulloev (Amirjon Safarov, 76), 8.Eldor Boymatov (Bobur Qosimov, 65), 11.Damir Temirov, 14.Andrey Sidorov (Azamat Allaniyozov, 46), 19.Obid Jo'raboev, 21.Muhammadqodir Hamraliev, 24.Farhod Namozov (Hakimxon A'lamxonov, 75), 26.Komil Sharofutdinov, 78.Oybek Nurmatov (Sharofutdin Shobirov, 46).
«Turon»: 87. Akmal Ortiqov, 2. Abdulaziz Abdurashidov, 3. Shukurali Po'latov, 5. Oybek Axmatov, 7. Umidjon Qodirov, 14. Doniyor Ismoilov, 15. Shohrux Xolmatov, 22. G'olibbek Sariboev, 23. Xurshidbek Asqaraliev, 25. Ismoiljon Oxunjonov, 71. Mirjalol Mirzaev (9. Otabek Haydarov, 46).

Bosh sahifaga
225