Pike: «Barselona»da hech qachon o'tish davri bo'lmaydi»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 590

Kataloniyaning «Barselona» himoyachisi Jerar Pike so'nggi yillarda klubda pasayish yuz bergani haqida fikr bildirdi.
«Klub avval qanday bo'lsa - hozir ham shunday. U shunchaki qayta qurish jarayonida turibdi. O'ylaymanki, bu o'zgarishlar juda zarur edi. Biz hammasini o'zgartirishimiz kerak edi.
Shubhasiz, bizda pasayish kuzatildi, yildan yilga yomonlashib borayotgandik. Vaqtimiz kam, ammo yaxshilanishimiz kerak. Hech qachon «Barselona»da o'tish davri bo'lmaydi, biz har doim g'alaba qozonishimiz shart!
Hozir bizda prezidentlik saylovlari bo'ladi, yangi kengash keladi va kelasi oylardan bosqichma-bosqich o'zgarishlarni ko'ramiz», – dedi Pike.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
206