Superliga. «Paxtakor» bugun muddatidan avval chempionlikni rasmiylashtirishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 499

Bugun O'zbekiston chempionatining 18-turi doirasida "Bunyodkor" va "Paxtakor" o'rtasidagi qoldirilgan o'yin bo'lib o'tadi.
Shota Arveladze jamoasi bugun g'alaba qozonsa, klub muddatidan oldin chempionlikni rasmiylashtiradi. Mavsum yakunlanishiga 4 tur qolganida "Paxtakor" o'z ochkolarini 59taga etkazadi va yaqin ta'qibchisi "Nasaf" bilan farqni 13 ochkoga etkazadi.
O'zPFL bosh direktori vazifasini bajaruvchi Diyor Imomxo'jaev telegram kanali orqali xabar tarqatishicha, "Paxtakor"ga kubok topshirish marosimi katta ehtimol bilan FIFA kunlaridan keyingi 23-turda bo'lib o'tadi. 20 noyabr kuni "Paxtakor" mazkur tur doirasida "Qo'qon-1912" klubini qabul qiladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
208