Messi evrokuboklarda 150-o'yinda ishtirok etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 436

"Barselona" sardori Lionel Messi Evropa chempionlar ligasi guruh bosqichi 3-turi doirasida Kievning "Dinamo" klubiga qarshi o'yinda maydonga tushib, bitta gol muallifiga aylandi.
"Sky Sports" tarqatgan xabarga ko'ra, argentinalik futbolchi uchun kechasi bahs evrokuboklar doirasidagi 150-uchrashuv bo'ldi. Bu borada u "Liverpul" klubi sobiq futbolchisi Jeymi Karrager bilan tenglashib oldi.
Messi EChLda 147ta, UEFA superkubogida 4ta o'yinda ishtirok etgan. Bu bahslarda u 121ta gol urgan. Faqat Krishtianu Ronaldu undan ko'proq gol urgan — 133ta gol.
Lionel Messi joriy mavsumda 8ta o'yinda maydonga tushib, 4ta penaltidan unumli foydalandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
203