Mourino qizishib ketdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 566

Londonning «Tottenhem» klubi bosh murabbiyi Joze Morino «Brayton» bilan kechgan bahsdan so'ng, jurnalistlarning bergan savollaridan qizishib ketdi.
Murabbiy Harri Keynning ishlagan penaltisiga munosabat bildirdi.
«Sizlar Keynni o'sha vaziyatda ayyorlik ishlatganlikda ayblamoqdasiz. Aslida, bu mutlaqo xato.
U ayyorlik ishlatmagan edi. Shunchaki havodagi kurashda muvozanatini ushlashga harakat qilayotgandi, u erda to'p uchun kurash bo'ldi.
Aksincha, Lallana xatoga yo'l qo'ydi, u o'z pozitsiyasiga qaytishda ancha kechikkan edi.
Keynni tanqid qilishga haqqingiz yo'q. Ana,gapirsangiz Salox, Reshfordlarni taxlil qiling».
Eslatib o'tamiz, uchrashuvning 12-daqiqasida Adam Lallananing Harri Keynga ishlatgan qo'polligini hakam penaltiga tortadigan vaziyat sifatida baholagan edi. Kamida vaziyatga "VAR" ham aralashgan.
Manba: goal.com
Bosh sahifaga
173