"Cautgempton" etakchisi uzoq muddatga safdan chiqdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 483

Angliyaning "Sautgempton" klubi hujumchisi Denni Ings tizzasidan olgan jarohati sabab uzoq muddat davomida jamoasiga yordam bera olmaydi.
Angliyalik futbolchi "Aston Villa" ga qarshi kechgan bahsning 85-daqiqasida keskin to'qnashuv sabab maydonni erta tark etishiga to'g'ri keldi. Bu haqda jamoa bosh murabbiyi Ralf Xazenxyuttl ma'lum qildi: "Ings kecha mashg'ulotlarda qatnashayotgan edi, lekin bugun u maydonga kelmadi. Operatsiyadan tiklanish jarayoniga kamida 6 hafta muddat ketsa kerak. Bizda boshqa qaror yo'q, u darhol operatsiya qilinishi kerak", - deydi mutaxassis. Ma'lumot uchun Ings kelayotgan FIFA kunlari doirasidagi "Irlandiya" hamda "Belgiya"ga qarshi bahslarni o'tkazib yuborishi kutilmoqda. Manba: the sunFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
172