"Qo'qon-1912" klubi Suhrob Berdievning jarohati borasida ma'lumot berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 510

"Qo'qon-1912" jamoasining tajribali yarim himoyachisi Suhrob Berdiev , superliganing 21-turidan o'rin olgan AGMKga qarshi o'yinda jiddiy jarohat olgan edi.
Shifokorlarning so'nggi xulosalaridan ko'ra Berdiev jarrohlik stoliga yotishiga to'g'ri keldi. Toshkentdagi ortopediya va travmatologiya ilmiy tekshirish institutida o'tkazilgan jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli tarzda yakunlandi.
Bir necha daqiqa oldin Suhrob Berdiev bilan video aloqa tarzida gaplashganimizda , Suhrob Berdiev o'zini yaxshi xis qilayotganini , hozirda ahvoli yaxshi ekanligini ta'kidlab o'tdi. Shuningdek Berdiev uning uchun xavotir olib , qayg'urgan barcha insonlarga, jamoa rahbariyati, murabbiylar, futbolchilar hamda muxlislarga o'zining minnatdorchiligini etkazib qo'yishimizni iltimos qildi.
Shifokorlarning ta'kidlashlaricha Berdievning operatsiyasi yaxshi o'tgan va u yana oyoqqa turib futbol muxlislarini o'zining chiroyli o'yinlari bilan xursand qila oladi. Faqat buning uchun ma'lum muddat talab qilinadi. U muddat esa taxminan 6-7 haftani tashkil qiladi.
Jamoamizning ahil oilasi nomidan Suhrob Berdievga yaratgandan shifo so'raymiz !
Manba: Qo'qon-1912 matbuot xizmati
Bosh sahifaga
185