Saloh EChLda gol urish borasida Jerrardga etib oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 400

Opta portalining ma'lumotiga qaraganda, "Liverpul"ning misrlik hujumchisi Muhammad Saloh EChLning 3-tur doirasida "Atalanta" (5:0) darvozasini ishg'ol etdi.
Bu Salohning "Liverpul" tarkibida EChLdagi 21-goliga aylandi. Shu tariqa, 28 yoshli misrlik hujumchi "qizillar" tarkibida EChLda gol urish borasida Stiven Jerrardga etib oldi.
Hozirch Saloh ushbu ko'rsatkich bo'yicha birinchi o'rinni "Enfild"ning afsonasi bilan egallab turibdi. Lekin, Saloh agar keyingi o'yinlarda ushbu turnirda gol kiritadigan bo'lsa, u holda "Liverpul" tarkibida EChLda eng ko'p gol urgan yagona futbolchiga aylanib oladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
214