Neto jamoasi bilan yangi bitimga imzo chekdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 2528

Angliyaning "Vulverxempton" klubi vingeri Pedro Neto jamoasi bilan shartnoma muddatini uzaytirishga qaror qildi.
Klub rasmiy saytining ma'lumotlariga ko'ra tomonlar 2025 yilgacha amalda bo'ladigan bitimga imzo chekishgan.
Bungacha esa "bo'rilar" safida Raul Ximenes, Maks Kilman hamda Konor Koadi singari futbolchilar ham yaqin orada klub bilan yangi shartnoma borasida kelishib olishgan edi.
Eslatib o'tamiz, portugaliyalik futbolchi "Vulverxempton" tarkibiga o'tgan yili yozda kelib qo'shilgan edi va bu orada u 52 ta uchrashuvda maydonga tushib 6 ta golni o'z hisobiga yozdirib qo'ygan.
Manba: wolves.comFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
202