Kuadrado: «Ronaldu – «Yuventus»ning asosiy quroli»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 496

Turinning «Yuventus» klubi yarim himoyachisi Xuan Kuadrado koronavirusga chalingan Krishtianu Ronalduni maydonga qaytganidan xursand ekanligini yashirmadi.
«Ronaldu juda baxtiyor, u yana maydonga tezroq qaytishini sabr bilan kuta olmadi. U maydonga tushishi bilanoq («Spetsia» bilan o'yin - tahririyat), o'yinlarni juda sog'ingani ko'rinib turardi.
U – bizning asosiy qurolimiz, u jamoaga nima berayotganini barchamiz bilamiz. U o'ziga juda ishongan futbolchi, bu esa bizga yordam bermoqda. U bizda bo'lishi kerak bo'lgan professionallik va g'alaba qozonish istagini uyg'otadi», – dedi Kuadrado Sky Sport Italia bilan suhbatda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
228