"Leyptsig" ustozi: «Maqsad - ikki o'yinda to'rt ochko jamg'arish»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 466

Germaniyaning «Leyptsig» klubi bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann EChL doirasida «PSJ» klubiga qarshi bo'lib o'tadigan uchrashuv haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
«PSJ» klubiga qarshi bo'lib o'tadigan ikkita uchrashuvni - pley-off bahsi deb bilaman. Eng asosiysi – ulardan ko'ra ko'proq ochko jamg'arishimiz kerak. Ikkita uchrashuvda to'rt ochko jamlasak biz uchun etarli bo'ladi.
EChLda 34 ta o'yin o'tkazishni va yo'qotilgan ochkolarni to'ldirish imkoniyati yo'q. Bosim ortib bormoqda, ammo bunday bosim ostida bo'lish - yoqimli. Demak, muhim narsa xavf ostida. Aks holda, usiz zerikarli bo'lardi.
Mbappe va Neymarlarning o'ynamasligi unchalik yomon emas. Ular ajoyib futbolchilar, «PSJ» ular bilan kuchli. Albatta, ularning o'rni bilinadi», – dedi Nagelsmann.

Bosh sahifaga
217