«Yuventus» «Ferentsvarosh»ga qarshi kengaytirilgan tarkibni e'lon qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 392

Turinning «Yuventus» klubi EChLning 3-tur doirasida «Ferentsvarosh»ga qarshi bo'lib o'tadigan o'yin uchun kengaytirilgan tarkibni e'lon qildi.
Koronavirus sababli, turnirning dastlabki ikki uchrashuvini o'tkazib yuborgan Krishtianu Ronaldu tarkibdan joy oldi. Shuningdek, jarohatini davolatib maydonga qaytgan Jordjo Kellini ham ro'yxatga kiritildi.
Darvozabonlar: Voychex Shchensnii, Karlo Pinsolo, Djanluidji Buffon.
Himoyachilar: Djordjo Kellini, Danilo, Xuan Kuadrado, Leonardo Bonuchchi, Djanluka Frabotta, Alessandro Richchio.
Yarim himoyachilar: Artur, Aaron Remzi, Ueston Makkenni, Federiko Keza, Adrien Rabo, Rodrigo Bentankur, Federiko Bernardeski, Manolo Portanova, Deyan Kulusevski.
Hujumchilar: Krishtianu Ronaldu, Alvaro Morata, Paulo Dibala.
«Yuventus» va «Ferentsvarosh» jamoalari o'rtasidagi bahs ertaga bo'lib o'tadi.

Bosh sahifaga
227