Kapello: «Messi 16 yoshida maydonga tushganida muxlislar aqldan ozgan edi»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1012

Turinning «Yuventus» va Madridning «Real» klubi sobiq bosh murabbiyi Fabio Kapello Lionel Messi bilan birinchi uchrashuvi haqida fikr bildirdi.
«Men Messini birinchi marta Gamper Kubogida ko'rgandim. O'shanda uning yoshi 16da edi. U maydonga chiqqanida muxlislar aqldan ozgandi. Shunda Raykardning oldiga borib Leoni "Yuventus"ga ijaraga bermaysanmi deb so'ragandim.
Keyin ular Evropa Ittifoqi pasportisiz futbolchilarni olib kelish bilan bog'liq bo'lgan muammoga duch kelishdi, lekin Raykard menga Messini maydonga tushirish uchun biror imkon topishini aytgandi»-dedi Kapello.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
250