«MYu» va «Everton» «Vilyarreal» futbolchisi uchun kurashadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 270

Ispaniyaning «Vilyarreal» klubi yarim himoyachisi Samuel Chukvezega Angliyaning bir qator klublari qiziqish bildirmoqda.
Futbolchi uchun asosiy davogarlar – «Manchester Yunayted» va «Everton». Bu haqda 90min.com sayti xabar bermoqda.
Bundan tashqari, futbolchini «Lester» klubi ham kuzatib kelmoqda. Transfermarkt portali Chukvezening transferini 25 million evro atrofida baholamoqda.
Chukveze joriy mavsumda 10 ta uchrashuvda maydonga tushdi va bitta gol urishdan tashqari, ikkita golga assistentlik qildi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
265