Roy Kin: «Partini Vieyraga taqqoslash mumkin»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 291

Angliyaning «Manchester Yunayted» klubi sobiq futbolchisi Roy Kin «Arsenal» yarim himoyachisi Tomas Partining o'yinlariga baho berdi.
«Parti "MYu"ga qarshi o'yinda ajoyib o'yin namoyish etdi. U katta o'yinlarda maydonga tushish uchun yangi futbolchi emasligi ko'rinib turibdi. Agar futbolchining ko'rsatayotgan o'yinini jonli ko'rsangiz, o'sha paytda u haqda xulosa qilishingiz mumkin. Unga qancha ko'p qarasam, shuncha uni "MYu"ning markaziy yarim himoyachida ko'rgim kelmoqda. U yaxshi, kuchli va tajovuzkor futbolchi. Parti to'pni hujumga uzatishi mumkin. U to'p bilan o'zini juda yaxshi his qilmoqda.
Menda Vieyraga qarshi janglar bo'lgan. O'ylaymanki, Partini Patrik bilan taqqoslasa bo'ladi», – dedi Kin.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
265