"Barselona" qishda yangi futbolchi sotib oladimi?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 244

Kataloniyaning "Barselona" klubi vaqtincha prezidenti Karles Tusketsning fikricha, jamoa qishki transfer bozorida yangi futbolchi sotib olishni rejalashtirmayapti.
— O'ylaymanki, biz futbolchi tekinga kelayotgandagina oldinga qadam tashlashimiz mumkin yoki futbolchi transfer oynasi ochiq paytida sotilsa, u holda uni xarid qilishimiz mumkin. Klub mustahkam poydevorda turibdi va uning kelajagi kuchli. Ish stolimizda katta daromad keltiradigan katta shartnomalar turibdi. Agar biz barchamiz oldimizga qo'yilgan vazifani bajarishga sidqidildan yondoshsak, u holda muvaffaqiyatga erishishimiz mumkin, - Tusketsning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda klub matbuot xizmati.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
189