Giggz tajovuzkorlik ayblovi bilan hibsga olindi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 291

Uels terma jamoasi bosh murabbiyi Rayan Giggz 1 noyabr kuni o'z qallig'iga nisbatan tajovuzkorlik ayblovi bilan hibsga olindi. Bu haqda "The Sun" xabar tarqatdi.
Manbaga ko'ra, mutaxassisning qallig'i Keyt Grevillning o'zi politsiyani chaqirgan. Ayol engil jarohat oldi, ammo davolanishga ehtiyoj sezmadi. 46 yoshli uelslik murabbiy politsiya bo'limida so'roq qilingan.
Huquqni himoya qilish organlari tarqatgan xabarga ko'ra, Giggz hujum qilganlik ayblovi bilan hibsga olingan. Keyinchalik u garov evaziga qo'yib yuborilgan.
"BBC Sport Wales" xabar tarqatishicha, Uels terma jamoasining seshanba kuniga belgilagan matbuot anjumani bekor qilingan. Uels futbol assotsiatsiyasi Giggz bilan bog'liq vaziyatga izoh berishdan bosh tortdi.

Bosh sahifaga
189