«Barselona» prezidentlik saylovini dekabr oyida o'tkazmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 267

«Barselona» klubi prezidenti vazifasini bajaruvchi Karles Tuskets prezidentlik saylovi 25 dekabr kuni o'tkazilishini ma'lum qildi.
«Biz ishchi guruhni tashkil qildik. U sog'liqni saqlash organlari bilan aloqada bo'lib turadi va saylovda ishtirok etadiganlarning xavfsizligini ta'minlashga harakat qiladi.
Saylovni yaxshi tashkil etish uchun barcha moddiy-texnika va inson resurslarini ishga solamiz. Shuningdek, saylovni pochta orqali ham o'tkazishimiz mumkin», — dedi Tuskets.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
182