Evropa chempionati-2020 Rossiyada o'tadimi?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 569

Shu yili o'tkazilishi kerak bo'lgan, ammo pandemiya sababli keyingi yilga qoldirilgan Evropa Chempionati 11 ta davlatda bo'lib o'tishi kerak edi. Biroq, ushbu musobaqa katta ehtimol bilan 11 ta davlatda bo'lib o'tmaydiganga o'xshayapti, deya xabar bermoqda Le Parisien.
Bunga koronavirus pandemiyasi sabab bo'lmoqda. Chunki, davlatlar o'rtasida sayyohat qilish muammoli va xavfli bo'lib bormoqda.
Qayd etilishicha, UEFA Evropa Chempionatining barcha uchrashuvlarini katta ehtimol bilan Rossiyada o'tkazmoqchi. Rasmiy ma'lumotlarga qaraganda, Rossiyada koronavirus infektsiyasining darajasi boshqa davlatlarnikiga qaraganda ancha past.
Bundan tashqari, Rossiya yaqinda JCh-2018ni o'tkazdi, buning natijasida Rossiyada etarli miqdordagi infratuzilma ob'ektlari mavjud.

Bosh sahifaga
199