Hamidjon Aktamov: "Yoshlarga ham imkoniyat berish kerak"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 184

Superliganing 19-tur doirasida bo'lib o'tgan "Qizilqum" hamda "Navbahor" jamoalari o'rtasidagi uchrashuv yakuniga etgach, mezbonlar bosh murabbiyi Hamidjon Aktamov matbuot anjumanida ishtirok etdi.
"Bugungi bahsda “Navbahor” yaxshi o'yin namoyish etib, o'ziga kerakli natijani qo'lga kiritdi va 3 ochko egasiga aylandi. Birinchi bo'limda kutilmaganda, asosiy tarkib futbolchilarning ikki nafari (Oybek Qilichev va Salim Mustafoev nazarda tutilmoqda) jarohat olib, maydonni tark etishdi. Natijada ularning o'rinlariga yosh o'yinchilarni maydonga tushirishga majbur bo'ldim. Yoshlarga ham imkoniyat berib, ularni o'ynatish kerak. Bugungi rejamiz shu sababli, amalga oshmay qoldi. O'sha futbolchilarning jarohat olishgani o'yin natijasiga ta'sir ko'rsatdi"-dedi Aktamov.

Bosh sahifaga
196