Gvardiola: «O'z maydonimizda g'alaba qozonishimiz shart»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 258

Angliyaning «Manchester Siti» klubi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola EChLning 3-tur doirasida "Olimpiakos" klubiga qarshi bo'lib o'tadigan uchrashuv haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
«Haliyam EChLda muvaffaqiyatli ishtirok eta olmasligiz ehtimoli bor. Biroq, dastlabki uchta uchrashuvda 9 ochko jamg'arsak, u holda o'z maqsadimizga etamiz. Shunda keyingi bosqichga chiqishimiz uchun qolgan uchta uchrashuvda uch ochko olishimiz talab etiladi.
O'z maydonimizda g'alaba qozonishimiz shart. Shu bilan birga ehtiyotkorlik bilan harakat qilishimiz talab etiladi. «Olimpiakos» - ajoyib jamoa. Ular o'z maydonida «Marsel» klubini mag'lub etishdi. Biz ushbu o'yinga jiddiy tayyorgarlik ko'rishimiz kerak, undan keyin esa bizni «Liverpul»ga qarshi yana bir jiddiy o'yin kutib turibdi, — dedi Pep Gvardiola.

Bosh sahifaga
187