"Inter" himoyachisi mashg'ulotlarga qaytdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 596

Italiyaning "Inter" klubi markaziy himoyachisi Milan Shkrinyar koronavirusni engib, jamoaning umumiy mashg'ulotlariga qaytdi.
Futbolchi koronavirus kasalligini Slovakiya terma jamoasi ixtiyorida yuqtirib olgandi. Endilikda u ushbu infektsiyani to'liq engib o'tdi va jamoaning mashg'ulotlaridagi ishtirokini boshladi.
Taxminlarga ko'ra, Shkrinyar Madridda "Real" klubiga qarshi EChLning 3-turida bo'lib o'tadigan uchrashuvda katta ehtimol bilan ishtirok etadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
191