Vadim Abramov: «Balki, tezkor gol bizning zararimizga ishlagandir»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 256

O'zbekiston Superligasi 22-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" - "Buxoro" uchrashuvidan so'ng "qaldirg'ochlar" ustozi Vadim Abramov quyidagi fikrlarni bildirib o'tdi.
"Buxoro" bilan bunday holat 1 yil avval ham sodir bo'lgandi. Mana bir necha o'yindirki "Buxoro" bilan bir xil stsenariy takrorlanmoqda. Balki, tezkor gol bizning zararimizga ishlagandir. Raqib tarkibidagi yosh futbolchilar yaxshi o'ynashdi. Har doimgidek oxirgi daqiqada o'zimizga o'zimiz gol olib keldik.
Nurillo To'xtasinovning pozitsiyasida terma jamoada kuchliroq futbolchilar to'p suradi, raqobat katta. Hozircha, katta tanlov imkoniyati bor. Ammo u ham nomzodlar qatorida bor. Qolganini vaqt ko'rsatadi.
Vaziyatlar yarata olmaslik va ulardan foydalana bilmaslik tajriba bilan bog'liq. Yosh futbolchilarda tajriba etishmagani sababli imkoniyatlar kam yaratilmoqda", -dedi murabbiy.

Bosh sahifaga
223