«Yuventus» Xediradan qutilish yo'llarini qidirmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 274

Turinning "Yuventus" klubi rahbariyati Andrea Pirloning taktik tizimiga mos kelmayotgan Sami Xediradan qutilish yo'llarini qidirmoqda.
Calciomercato portalining yozishicha, «Keksa Sinora» 33 yoshli germaniyalik futbolchi bilan hamkorlik qilish niyatida emas. «Yuventus» rahbariyati yaqin haftalar ichida futbolchi bilan shartnomani bekor qilishga erishishga umid qilmoqda. Turinliklar futbolchining shartnomasini so'nggi qadar ushlab turishdan ma'no yo'q degan fikrdi.
O'z navbatida germaniyalik futbolchi Italiya chempionatidan ketishni o'ylamayapti, shu sababli, "Yuventus" rahbariyati Xediraga katta miqdordi kompensatsiya to'lashi kutilmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
181