Messi penaltilar "qiroli"ga aylanib bormoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 419

Kataloniyaning "Barselona" hujumchisi Lionel Messi so'nggi to'rt golini penaltidan kiritdi.
Messi 11 metrli jarima to'pidan La Ligada "Vilyarreal" (4:0), EChLda "Ferentsvarosh" (5:1) va "Yuventus" (2:0), shuningdek, Argentina terma jamoasi tarkibida Ekvador (1:0) terma jamoalariga gol kiritdi.
Bunday seriya argentinalik hujumchining faoliyatida ilk marotaba kuzatildi. Qayd etish kerakki, bunday seriya "Yuventus" va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronalduda kuzatilmagan.
Joriy mavsumda 33 yoshli Messi "Barselona" tarkibida barcha turnirlarda uchta gol kiritdi va 4 ta golga assistentlik qildi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
178