Arteta: «Har bir futbolchi yuqori saviyada o'ynadi»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 197

APLning 7-tur doirasida bo'lib o'tgan «Manchester Yunayted» hamda «Arsenal» (0:1)jamoalari o'rtasidagi uchrashuv yakuniga etgach, mehmonlar bosh murabbiyi Mikel Arteta o'z fikrlarini bildirdi.
«Men futbolchilar o'zlariga ishonishlarini va muvaffaqiyat qozonishlarini xohlardim, ulardan bir jamoa bo'lishlarini so'radim. Men qoniqdim, chunki biz juda yaxshi o'ynadik. Raqib 4 ta yarim himoyachidan iborat murakkab taktikani tanladi, ularning ikkitasi muntazam ravishda bizning himoyaga hamla qilib turishlari kerak edi. Birinchi bo'limning o'zida ikkita gol kiritishimiz mumkin edi. Hisobda oldinga chiqib olganimizdan keyin raqibning bosimiga bardosh berishimizga to'g'ri keldi.
Bosim juda yuqori edi, chunki, «Old Trafford» boshqa stadionlardan farq qiladi. Bunday o'yinlarda natija uchun butun jamoa kurashishi kerak va bugun ham bir futbolchi yuqori saviyada o'ynadi», - Artetaning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda BBC.
«Arsenal» kechagi g'alabadan so'ng ochkolari sonini 12 taga etkazib olib, turnir jadvalining 9-pog'onasida bormoqda.

Bosh sahifaga
180