Nevill "MYu"ning asosiy muammolaridan birini aytdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 318

Angliyaning «Manchester Yunayted» klubi sobiq futbolchisi Gari Nevill jamoaning asosiy muammolaridan biri nima ekanligini aytib o'tdi.
«Muammo echimlarga qaraganda ko'proq. Jamoa tarkibida oltita markaziy yarim himoyachilar bor: Nemanya Matich, Fred, Skott Maktominey, Brunu Fernandesh, Donni van de Bek va Pol Pogba. Ularning barchasini qandaydir bir tizimga moslashtirish kerak.
Maktominey o'ng qanotda aytarli ishlamayapti. Uan-Bissaka o'ng qanotda to'pga biroz noqulay egalik qilmoqda. Demak, jamoaga hammasini muvozanatlashtiradigan futbolchi kerak. O'ng qanotdagi balans - «Manchester Yunayted»ning asosiy muammosi, - dedi Nevill.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
216