«Real» o'ng qanot himoyasida harakat qilayotgan 4-futbolchi ham jarohat oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 384
«Real» hujumkor yarim himoyachisi Lukas Vaskes La Liga 8-turi doirasida «Ueska»ga qarshi kechgan bahsda (4:1) mushaklarini shikastlab oldi, deya xabar qilmoqda Marca.
29 yoshli futbolchining qachon safga qaytishi noma'lum bo'lib turibdi.
Lukas Vaskes madridliklarning so'nggi o'yinlarida o'ng qanot himoyasida to'p surayotgandi. Ushbu pozitsiya vakillari Dani Karvaxal va Alvaro Odriosola jarohat sabab safdan chiqqan. Shuningdek, bu chiziqda to'p sura oladigan Nacho ham jarohat olgan.
«Real» 3 noyabr kuni Chempionlar Ligasi doirasida «Inter»ga qarshi o'yin o'tkazadi. Yozda «Qirollik klubi» o'ng qanot himoyachisi Ashraf Hakimiyni aynan «Inter»ga sotib yuborgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
217