UEFA konsultanti o'z ish faoliyatini Toshkent viloyatidan boshladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 224

Rojer Meyxri Toshkent viloyatida bo'lib, «Piskent-2020» va «Pronto-Chinoz» jamoalari o'rtasidagi 2-liga uchrashuvini tomosha qildi. Shuning barobarida, UEFA vakili 2-liga chempionatini tashkil etish tizimi, jamoalarning shart-sharoitlarini o'rganib chiqdi.
Shundan so'ng, tajribali konsultant «AGMK» - «Paxtakor» o'rtasidagi O'zbekiston Superligasi bahsiga tashtif buyurdi.
Bugun ertalab UEFA mutaxassisi Farg'ona vodiysi tomon yo'l oldi. Safar davomida Rojer Meyxri Namangan, Andijon, Farg'ona viloyati hududiy futbol assotsiatsiyalarining har bir yo'nalish bo'yicha olib borayotgan faoliyatini atroflicha o'rganadi va murabbiylar tajribasini tahlil qiladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
232