APL. Turning markaziy o'yini taqdirini yagona gol hal qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 466

Angliya chempionati 7-turning markaziy o'yini "Manchester Yunayted" va "Arsenal" bahsi nihoyasiga etdi. "Old Trafford"da kechgan o'yinda "kanonirlar" penaltidan urilgan gol evaziga 1:0 hisobida g'alaba qozondi.
Uchrashuv kutilganidan ancha zerikarli o'tdi. Birinchi bo'limda jamoalar deyarli darvoza tomon aniq zarba yo'llashmadi.
Ikkinchi bo'limni ikki klub ham sal faolroq boshladi. Uchrashuvning 69-daqiqasida Pogba jarima maydoni ichida Beleringa nisbatan qoida buzdi. Obameyang 11 metrlik nuqtadan adashmadi.
O'tkazib yuborilgan goldan keyin "qizil ibilslar" hisobni tenglashtirishga qancha arakat qilmasin, uchrashuvda boshqa gol urilmadi.
Manchester Yunayted – Arsenal 0:1
Gol: 0:1 – 69, penalti Obameyang.
Manchester Yunayted – De Xea, Shou, Uan-Bissaka, Maguayr, Lindelef, Maktomini, Brunu Fernandesh (van de Bek, 75), Pogba, Fred (Matich, 62), Reshford, Grinvud (Kavani, 75).
Arsenal – Leno, Xolding, Belerin, Gabriel, Tirni, Saka, Parti, El-Nenni, Villian (Meytlend-Naylz, 86), Obameyang (Mustafi, 87), Lyakazett (Nketia, 76).
Ogohlantirishlar: Fred (22), Xolding (25), Gabriel (27), Grinvud (71), Obameyang (87).

Bosh sahifaga
288