Ronaldu: «A seriyada raqobat yuqori»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 815

«Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu Italiya chempionatining 6-turi doirasida bo'lib o'tgan «Spetsiya»ga qarshi o'yin borasida o'z fikrini bildirib o'tdi.
Turinliklar safarda raqibni 4:1 hisobida mag'lub etgan bo'lsa, Ronaldu ikkinchi bo'limda zaxiradan tushib, "dubl"ga erishdi. Portugaliyalik futbolchi koronavirusdan sog'ayganidan keyin ilk marta maydonga tushdi.
«Men davolanishda edim. Menda kasallik alomatlari yo'q edi va o'zimni yaxshi his qilayotgandim. Bugun yana sevimli ishim bilan shug'ullandim — futbol o'ynadim.
A seriyada raqobat yuqori. «Milan» ajoyib o'ynamoqda. Biz sidqidildan ishlashimiz kerak. Lekin biz o'z o'yinimizni kuchaytirib boryapmiz», — dedi Ronaldu.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
290