Rasman: "Andijon"da shu yilning o'zida uchinchi murabbiy iste'foga chiqarildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 366

"Andijon" futbol klubi bosh murabbiyi Baxtiyor Xamidullaev egallab turgan lavozimidan ozod etildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar tarqatdi.
Superliganing 22-turida "Surxon"dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng "Andijon" bosh murabbiyi Baxtiyor Xamidullaevni jamoa rahbariyati o'z lavozimidan ozod etishga qaror qildi.
Baxtiyor Xamidullaev boshchiligidagi "burgutlar" 9 uchrashuv o'tkazib, ulardan to'rttasida durrang, to'rttasida mag'lubiyat va boryo'g'i birgina g'alabaga erishdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
282