Messi so'nggi 45ta jarima zarbasidan bitta gol urdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 611

«Barselona» hujumchisi Lionel Messi La liganing 8-turi doirasida bo'lib o'tgan «Alaves»ga qarshi o'yinda (1:1) bir nechta jarima zarbasini tepib, ularni golga aylantira olmadi.
"Opta Sports" tarqatgan xabarga ko'ra, argentinalik futbolchi "ko'k-anorranglilar" safida so'nggi 41ta o'yinda 45 marta jarima zarbasini tepib, ularning faqat bittasini golga aylantirdi. Lionel so'nggi marta «Osasuna»ga qarshi iyul oyida o'tkazilgan o'yinda gol urgan edi.
Ushbu seriyadan avval Messi jarima zarbasidan 12ta urinishda 4ta gol urgan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
288