Liga 1 «PSJ» navbatdagi g'alabani qo'lga kiritdi va peshqadamga aylandi (videosharh)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 881

Frantsiya chempionatining 9-turi doirasida «PSJ» safarda «Nant» klubi mehmoni bo'lib, yirik hisobda g'alaba qozondi.
Birinchi bo'limda hisob ochilmagan bo'lsa, ikkinchi bo'limda Ander Errera, Kalian Mbappe va Pablo Sarabiyaning gollari parijliklarga yirik hisobdagi g'alabani taqdim etdi.
Tomas Tuxel jamoasi mavsumni 2ta mag'lubiyat bilan boshlab, shundan so'ng ketma-ket 7ta o'yinda g'alaba qozondi. Jamoa 21 ochko bilan peshqadamga aylandi.
Frantsiya chempionati, 9-tur
Nant – PSJ 0:3 (0:0, 0:3)
Gollar: 0:1 – 47 Errera, 0:2 – 65, penalti Mbappe, 0:3 – 88 Sarabiya.
Nant – Lafon, Appia, Traore, Kastelletto, Chirivelya (Ture, 73), Luza, Koko (Ogyusten, 73), Abed, Blas (Pereyra, 85), Saymon (Bamba, 25), Kolo-Muani.
PSJ – Navas, Diallo, Dagba, Bakker, Guye (Markinos, 66), Danilu Pereyra (Kerer, 66), Rafinya (Kurzava, 74), Errera, Sarabiya, Mbappe (Fadiga, 74), Kin (Ruis-Atil, 46).
Ogohlantirishlar: Blas (32), Koko (67), Dagba (80).

Bosh sahifaga
288