Dilshod Saitov mavsum oxirigacha safdan chiqdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 623

Superliganing 22-turidan o'rin olgan «Nasaf» - «Qo'qon-1912» (1:0) uchrashuvi qo'polliklarga boy bo'ldi.
Bellashuvning 12-daqiqasida qarshiliklar himoyachisi Dilshod Saitov jarohat olganligi tufayli majburiy almashtirildi. Jamoa shifokori Ma'ruf Berdievning bergan ma'lumotiga ko'ra, Saitovning oyoq suyagi singan (rasmdagi qizil joy) va gips qo'yilgan. Shifokorning aytishicha, Dilshodning singan suyagi qayta tiklanishi uchun 6-7 hafta kerak bo'ladi.

Ushbu bahsning 75-daqiqasida Sherzod Nasrullaev ham jarohat tufayli almashtirildi. Uning jarohati qay darajada jiddiy ekani tibbiy ko'rikdan so'ng ma'lum bo'ladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
287