Shuhrat Toshpo'latov: «Bugun Superligadagi eng qiyin g'alabalarimizdan birini qo'lga kiritdik»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 631

Superliga 22-turdan o'rin olgan «Nasaf» — «Qo'qon-1912» (1:0) uchrashuvidan so'ng, qarshiliklar murabbiyi Shuhrat Toshpo'latov bugungi bellashuv haqida fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Ajdarlar" bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev o'tgan turda “Metallurg” jamoasiga qarshi kechgan bahsdan so'ng diskvalifikatsiya qilingan edi.
— Yigitlarimizga minnatdorchiligimizni bildiramiz. Raqibning standart vaziyatlarda xavfli o'ynashini bilardik. Mavsum davomida standart vaziyatlardan ko'plab gollar urishgan. Futbolchilar himoyada tartibli o'ynashdi. Hujumda yuzaga kelgan imkoniyatlarning biridan unumli foydalandik. Fursatdan foydalanib ko'p sonli muxlislarimizni ishonchli g'alaba bilan tabriklayman, — dedi Shuhrat Toshpo'latov.
— Bugungi uchrashuvning haqiqiy qahramoni jamoa darvozaboni bo'ldi...
— Darvozabon yarim jamoa deb bejiz aytilmagan. O'yin haqiqiy markaziy nomiga mos bo'ldi. Yigitlarga yana bir bor butun vujudi bilan harakat qilgani uchun rahmat aytib qolaman.
— Sherzod Nasrullaevning jarohati jiddiy emasmi?
— Sherzod Nasrullaev va Dilshod Saitovning jarohati qay darajada jiddiy ekanligini bilmaymiz. O'ylaymanki, xavfli emas. Echinish xonasida ko'rganimizda ham yaxshi edi. Jamoaga bir necha kun ta'til beramiz va o'z qarorgohimizda yig'ilamiz.
— Bosh murabbiyning yoningizda bo'lmagani qiyinchilik tug'dirmadimi?
— Albatta qiyinchilik tug'diradi. Ro'ziqul Berdievning tavsiyalarini o'yindan oldin va tanaffus paytida tinglab futbolchilarga etkazib berishga harakat qildim. Baribir ozgina bo'lsada hayajon bo'ldi.
— Bugun «Nasaf»ning mavsumdagi eng og'ir finalga teng o'yini bo'ldimi?
— Shunday desa ham to'g'ri bo'ladi. Barcha shu vaqtgacha o'tkazgan uchrashuvlarimiz ichida eng og'ir g'alabani qo'lga kiritdik. Hisob ham buni aytib turibdi. G'alaba qozonish uchun raqibdan bitta ko'p gol urishing kerak.

Bosh sahifaga
287