Diogu Jota: «Zaxirada o'tirib, «Vest Xem» darvozasiga qanday gol urish mumkinligini o'yladim»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 458

«Liverpul» yarim himoyachisi Diogu Jota Angliya chempionatining 7-turidan o'rin olgan «Vest Xem»ga qarshi o'yin borasida o'z fikrini bildirib o'tdi. Mersisaydliklar futbolchisi bahsning 70-daqiqasida zaxiradan maydonga tushib, 85-daqiqada g'alaba to'pini kiritishga muvaffaq bo'ldi.
«Shubhasiz, gol juda muhim. Men zaxira o'rindig'ida o'tirib, jamoaga qanday foyda keltirish, qanday gol urish mumkinligi haqida o'yladim. Baxtimga, men buni uddaladim. Hattoki ikkita gol urdim, ammo ulardan bittasi inobatga olindi.
Albatta, eng muhimi — g'alaba. G'alaba qozonishda davom etishimiz kerak», — dedi Jota.
Shu tariqa, «Liverpul» 16 ochko bilan APL peshqadamiga aylandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
184