"A" Seriya. "Inter" so'nggi daqiqalarda urilgan gol evaziga mag'lubiyatdan qutilib qoldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 420

Italiya chempionatining 6-turidan o'rin olgan "Inter" va "Parma" jamoalari o'rtasidagi o'yin yakunlandi. Mazkur o'yinda jamoalar 2:2 hisobida jangovar durangga imzo chekishdi.
"Parma" safida Jervino dublga erishgan bo'lsa, mezbonlardan Brozovich va Perishich o'z nomlarini tabloga yozdirib qo'ydi.
Inter – Parma 2:2 (0:0, 2:2)
Gollar: 0:1 – 46 Jervino, 0:2 – 62 Jervino, 1:2 – 64 Brozovich, 2:2 – 90 Perishich.
Inter – Xandanovich, Xakimi (Yang, 78), Kolarov, Ranokkiya, Darmian (Pinamonti, 68), Perishich, Galyardini (Brozovich, 59), Eriksen (Vidal, 58), Barella (Nainggolan, 78), de Vrey, Martines.
Parma – Sepe, Petstsella, Yakoponi, Galolo, Balog, Ernani, Grassi (Brugman, 84), Kutska, Kurtich (Zom, 74), Jervino (Sipren, 74), Kornelius (Ingleze, 46).
Ogohlantirishlar: Ernani (23), Ranokkiya (67).

Bosh sahifaga
173