«Spartak» bosh direktori O'runovning jarohati haqida ma'lumot berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 260

«Spartak» bosh direktori Shamil Gazizov jamoa yarim himoyachisi Oston O'runovning ahvoli haqida ma'lumot berdi.
O'zbekistonlik futbolchi bugun bo'lib o'tgan «Rostov»ga qarshi o'yinning 80-daqiqasida zaxiradan maydonga tushib, oradan atigi 6 daqiqa o'tib maydonni tark etdi.
«O'runovga nima bo'ldi? Sonining orqa qismidan jarohat oldi. Baxtsiz hodisa. U o'yinga tayyor edi. Bunaqasi bo'lib turadi. Umid qilamiz, uning jarohati jiddiy emas», — dedi Gazizov.
Eslatib o'tamiz, Oston O'runov O'zbekiston terma jamoasining noyabr oyidagi yig'ini va o'rtoqlik o'yinlariga taklif etilgan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
191