Superliga. "Nasaf" o'z maydonida g'alaba qozondi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 424

Qarshidagi "Markaziy" stadionda bo'lib o'tgan "Nasaf" hamda "Qo'qon-1912" jamoalari o'rtasida bo'lib o'tgan bahs Superliganing 22-tur o'yinlarini boshlab berdi.
Turning qiziqarli va markaziy uchrashuvlaridan biri aynan Qarshi shahrida bo'lib o'tdi. Turnir jadvalining yuqori o'rinlarida borayotgan jamoalarning o'zaro uchrashuvi qiziqarli va keskin kurashlarga boy bo'ldi.
Uchrashuvning 28-daqiqadasi mehmonlar hisobni ochishlari mumkin edi. Bosh hakam Zokir Qodirov "Nasaf" posboni o'z jarima maydonchasi ichida raqib futbolchisiga qo'pol o'ynadi deb topdi va maydon egalari darvozasi tomon penalti belgiladi. To'p oldiga odatda 11 metrli jarima to'plarini bexato amalga oshiradigan Murod Xolmuhammedov yaqinlashdi va uning yo'llagan zarbasini "Nasaf" posboni Abduvohid Ne'matov qaytarib qoldi.
O'yinning 55-daqiqasida esa "Nasaf" jamoasining uyushtirgan hujumini Bobur Abduholiqov gol bilan yakunladi.
Bellashuvning so'nggigacha har ikki jamoada bir qator golli vaziyatlar sodir etilgan bo'lsa-da, darvozalarga boshqa gol kiritilmadi.
"Nasaf" – "Qo'qon-1912" - 1:0
31.10.2020 yil. Qarshi. "Markaziy" stadion.
Hakam: Zokir Qodirov
“Nasaf”: 35. Abduvohid Ne'matov, 4. Husniddin Aliqulov, 8. Dilshod Saitov (15. Jo'rabek Mannonov, 12), 10. Bobir Abdiholiqov, 14. Sharof Muhitdinov, 20. Islom Kenjaboev, 22. Akmal Mozgovoy, 34. Sherzod Nasrullaev (7. Dilshod Rahmatullaev, 75), 77. Oybek Bozorov, 88. Marko Stanoevich, 92. Umar Eshmurodov.
“Qo'qon-1912”: 21.Muzaffar Abdullaev, 3.Bobur Akbarov, 10.Quvondiq Ro'ziev (19.Hamidullo Abduhamidov, 66), 13.Sardor Azimov (91.Yakuba Bamba, 73), 14.Avaz Mamatxo'jaev (17.Muzaffar Muzaffarov, 73), 15.Oybek Rustamov, 22.Muhammadanas Hasanov, 23.Aleksandr Merzlyakov, 33.Ivan Yosovich, 69.Filip Rayevats, 70.Murod Xolmuhammedov.
Gol: Bobir Abduxoliqov 55, - 1:0
Amalga oshirilmagan penalti: Murod Xolmuhammedov 28.
Ogohlantirishlar: Avazxon Mamatxo'jaev 55, Ivan Yosovich 56, Sherzod Nasrullaev 90+4, Muzaffar Muzaffarov 90+4.
Nazoratchi: Dmitriy Roman
Komissar: Sardor Qudratullaev

Bosh sahifaga
194