"Arsenal" O'zil o'rniga futbolchi topdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 496

Londonning "Arsenal" klubi Avstriyaning "Zaltsburg" klubi yarim himoyachisi Dominik Soboslayga qiziqish bildirmoqda deya xabar tarqatmoqda Express.
Nashrning yozishiga qaraganda, "kanonirlar" 20 yoshli futbolchini Mesut O'zilning o'rniga olib kelishmoqchi.
Avvalroq "Arsenal" "Lion" futbolchisi Ussama Auarni olib kelmoqchi edi, biroq, yakunda bu bitim amalga oshmay qolgandi.
Soboslay "Zaltsburg" tarkibida 2018 yilning yanvar oyidan beri o'ynab kelmoqda. U avstriyaliklar tarkibida 71 ta uchrashuv o'tkazib, 22 ta gol kiritdi va 31 ta golga assistentlik qildi. Uning transfer narxi 25 million evro atrofida baholanmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
179