"Real" rahbariyati Zidanning o'rniga uch nafar nomzodni ko'rib chiqmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 437

Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Zinedin Zidan egallab turgan lavozimidan ozod qilinishi mumkin. Klub rahbariyati frantsiyalik mutaxassis o'rniga allaqachon o'rinbosar izlash ishlarini boshlab yubordi.
Don Balon nashrining tarqatgan xabariga qaraganda, Zidanni o'rnini egallash uchun asosiy nomzod sifatida Guti ko'rilmoqda. Bundan tashqari, madridliklar Raul Gonsales va Xabi Alonsolarning nomzodlarini ham variant sifatida ko'rib chiqishmoqda.
Avvalroq, «Real» murabbiyi sifatida Maurisio Pochettino ish boshlashi mumkinligi haqida xabarlar tarqatilgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
184