Kanchelskis: "Odamlar uyalishi kerak"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 440

Namanganning "Navbahor" klubi sobiq bosh murabbiyi Andrey Kanchelskis Rossiya klublarining evrokuboklardagi ishtiroki haqida fikr bildirdi. Uning so'zlariga qaraganda, klublar Halqaro maydondagi mag'lubiyatlarga juda engil qarashmoqda.
«Krasnodar» 0:4 hisobida yutqazdi, murabbiyi esa jamoasi 75 daqiqa yaxshi o'ynaganini aytmoqda. Bu yaxshi emas! Bizning davrda futbolchilar yirik hisobda mag'lubiyatga uchrasa tuyaqush singari boshini qum ostiga yashirib olardi va hech narsa deyishmasdi. Hozir esa qandaydir izohlar bildirishmoqda. Kulguli! Odamlar uyalishi kerak. Ehtimol, futbolga o'zgacha baho berishar.
TsSKA yaxshi o'ynadi, lekin biroz omadi chopmadi. Omad har doim talab qilinadi. «Lokomotiv» ham yomon ko'rinmadi.
Tabiiyki, «Zenit» guruhdan chiqish uchun kurash olib borishi shart. Afsuski, bizda ichki chempionat etarlicha kuchga ega emas», — dedi Kanchelskis «Komanda Rossii» bilan suhbatda.

Bosh sahifaga
195