Yuventus so'nggi 10 yillikdagi eng yomon startni amalga oshirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 411

Turinning "Yuventus" klubi Andrea Pirlo boshqaruvidagi dastlabki olti o'yinda ikkita g'alabani qo'lga kiritdi, uch marta durang o'ynadi va bitta mag'lubiyatga uchradi.
Italiyalik jurnalist Jovanni Kapuanoning so'zlariga ko'ra, bu "keksa sinora" uchun so'nggi 10 yil ichidagi eng yomon startdir.
Eslatib o'tamiz, 41 yoshli Pirlo uchun bu uning faoliyatidagi birinchi murabbiylik tajribasi hisoblanadi.
2010 yildan keyin Pirloga qadar "Yuventus"ni Alberto Dzakkeroni, Luiji Delneri, Antonio Konte, Massimiliano Allegri va Mauritsio Sarri boshqardi.
Manba: soccernews.ruFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
248