Tuxel «PSJ» taqvimini tanqid qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 427

«PSJ» bosh murabbiyi Tomas Tuxel jamoaning zich taqvimini tanqid qildi.
«Biz o'yinchilarni o'ldiryapmiz. Bu haqda doimo gapirib kelyapmiz. Go'yoki biz o'yinchilarni o'ldirishni maqsad qilganmiz. Futbolda asosiy yuk hamisha buyuk futbolchilarga tushadi. Chunki ular klubdan tashqari o'z mamlakati terma jamoasi safida o'ynashadi. Ular tanaffus paytida ham o'ynashadi, u mamlakatdan bu mamlakatga uchishadi. Bu esa, nazarimda, haddan tashqari ko'p. Ularda tiklanish va keyingi o'yinga tayyorgarlik ko'rish uchun vaqt yo'q. Bu hech kimga sir emas. Bu esa jarohatlarga va natijaga ta'sir ko'rsatadi.
Tayyorgarliksiz o'yinchilar nozik bo'lib qolishadi va ularni boshqarish qiyin. Bu o'zimizni oqlash emas, men fakt keltiryapman. Biz echim qidiramiz. Umid qilaman, kerakli echim topa olamiz», — dedi Tuxel.

Bosh sahifaga
251