Islandiya chempionati koronavirus tufayli muddatidan avval yakunlandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 244

Islandiya chempionati va mamlakat kubogi musobaqalari koronavirus pandemiya tufayli muddatidan avval yakunlandi. Bu haqda Islandiya futbol assotsiatsiyasi xabar tarqatdi.
Shu paytga qadar mamlakat chempionatida 22ta turning 18tasida o'tkazilgan edi. Turnir jadvalining hozirgi holati yakuniy deya tan olinadigan bo'ldi.
18-turdan keyin «Valyur» klubi 44 ochko bilan peshqadam bo'lib turgan edi. Ikkinchi pog'onadagi «Xabnarfordyur» hisobida 36 ochko, uchinchi o'rindagi «Breydablik» klubi hisobida esa 31 ochko mavjud edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
248