Bektemir Meliqo'ziev meksikalik raqibini 3-raunddayoq dahshatli nokautga uchratdi (video)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 947

Professional boksning super o'rta vazn (-76,2 kg) toifasida ringga chiqayotgan Bektemir Meliqo'ziev (6-0, 5 KO) Toshkent vaqti bilan 31 oktyabr tongida o'zining navbatdagi jangini meksikalik Alan Kampaga (17-6, 11 KO) qarshi o'tkazdi.
Jang Bektemirning katta ustunligi bilan boshlandi. 2-raundda o'zbekistonlik bokschi raqibini nokdaun holatiga ham tushirib qo'ydi. 3-raundda esa Bektemirning kuchli zarbalaridan so'ng meksikalik bokschi nokaut holatiga tushdi. Shu tariqa Meliqo'ziev professional boksdagi 6-g'alabasini nishonladi.
Bektemir ushbu g'alabasi orqali WBO Intercontinental kamariga ega chiqdi.
The Bully! ????@BMelikuziev @DAZN_USA #MunguiaJohnson pic.twitter.com/ZsHIOUB00Y
— Golden Boy (@GoldenBoyBoxing) October 30, 2020 Manba: @ufcboxuzbotFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
249