Kulibali "Liverpul"ga o'tmasligini ma'lum qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 459

Avvalroq matbuot orqali "Napoli" himoyachisi Kalidu Kulibali Yurgen Klopp boshchiligidagi "Liverpul" klubiga o'tishi mumkinligi haqida xabarlar tarqatilgandi. Senegallik himoyachi jarohat olib safdan chiqqan Virdjila van Deykga o'rinbosar sifatida ko'rilayotgandi.
«Men Neapolni sevaman, shahar ham meni sevadi. Bu eng asosiysi. Meni klub bilan uch yillik shartnomam bor. Ko'plab klublar menga qiziqish bildirmoqda, lekin men Neapoldaman. O'z saviyamda o'ynayapman, meni qo'llab-quvvatlayotgan insonlarga zavq ulashmoqchiman», – dedi Kulibali.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
248