"Bavariya" bosh murabbiyi: ""Bizga qarshi o'yinda jamoani ruhlantirishdan oson narsa yo'q"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 392

Myunxenning "Bavariya" klubi bosh murabbiyi Xans Flik Bundesliganing 6-tur doirasida "Kyoln" jamoasiga qarshi bo'ladigan uchrashuv haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Kyolnda ham uch ochkoni qo'lga kiritishni xohlaymiz. Har bir jamoa bizga qarshi o'zining eng yaxshi o'yinini ko'rsatishga harakat qiladi. "Bavariya"ga qarshi jamoani ruhlantirishdan oson narsa yo'q. Barcha bizga qarshi 100 foiz kuch bilan o'ynashga va o'zining yaxshi sifatlarini ko'rsatishga harakat qiladi.
Men har doim Kyolnga xursand holda boraman, u erda ajoyib damlarni o'tkazganman. Tarkib? Biz imkon qadar yuklamalarni tenglashtirishga harakat qilamiz. Buni Kyolnda ham amalga oshiramiz. Sane? U uchrashuvning birinchi daqiqasidanoq maydonga chiqishga tayyor", - Flikning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda "Bavariya" rasmiy sayti.

Bosh sahifaga
249