Konte: "Men boshqa klub futbolchilari haqida gapirmayman"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 340

Italiyaning «Inter» klubi bosh murabbiyi Antonio Konte A Seriyaning 6-tur doirasida «Parma» klubiga qarshi bo'lib o'tadigan uchrashuv oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
«Men boshqa klublarning futbolchilari haqida gapirmayman. Jervino – juda ko'p yaxshi narsalarni amalga oshiradigan ajoyib futbolchi, lekin men «Parma» va uning barcha futbolchilarini hurmat qilaman. Shuningdek, bu gap mening futbolchilarimga ham tegishli.
Hozirgi qo'l ostimdagi tarkibdan qoniqyapman. Men yanvar, fevral yoki mart oylari haqida o'ylamayapman, bor e'tiborimni oldimizda turgan o'yinlarga qaratganman», – dedi Konte.
«Inter» o'z maydonida «Parma» klubini 31 oktyabr kuni qabul qiladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
246